Bu haqda Forbes xabar berdi.
Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu so‘nggi 12 oy ichida dunyo sportchilari orasida eng ko‘p daromad olgan sportchiga aylpadi, deya xabar bermoqda nashr.
Ronaldu “Al-Nasr” bilan tuzgan shartnomasi orqali 235 million dollar, turli reklama shartnomalaridan esa, yana 65 million dollar ishlab topdi. Shu tariqa uning umumiy daromadi 300 million dollarga yetdi. Bu natija amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning 2015 yildagi rekordiga tenglashdi.
Ikkinchi o‘rinni meksikalik bokschi Saul Alvares egalladi. Uning daromadi – 170 million dollarni (160+10) tashkil etdi.
Uchinchi o‘rin esa, “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi. Argentinalik futbolchining umumiy daromadi – 140 million dollar (70+70) bo‘ldi.