«Roma» klubining bazasidan Ikkinchi jahon urushi davrida portlamay qolib ketgan 20ta snaryad topildi.
“Ikkinchi jahon urushi snaryadlarini Trigoriyadagi bazamizdan muvaffaqiyatli olib tashlagan Italiya armiyasiga va ularning sapyorlar otryadiga katta rahmat", - deyiladi jamoaning "Tvitter"dagi akkauntida.
Manbaning yozishicha, snaryadlar yangi mashg‘ulotlar maydonlarini qurish paytida topilgan.