Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

RMF24: Polshada bir erkak yo‘lovchini ukrainalik deb o‘ylab, kaltakladi

RMF24: Polshada bir erkak yo‘lovchini ukrainalik deb o‘ylab, kaltakladi

Lodz shahrida Polsha fuqarosi boshqa bir polshalikni ukrainalik deb o‘ylab, unga hujum qildi. Jabrlanuvchi boshi, burni va jag‘idan jiddiy jarohat olgan, deb xabar bermoqda RMF24 radiostansiyasi.

«Lodz polisiyasi shahar markazida hujum uyushtirgan jinoyatchini qidirmoqda. Jabrlanuvchi — polshalik erkakning so‘zlariga ko‘ra, hujumchi uni ukrainalik deb o‘ylagani tufayli unga tashlangan», — deyiladi radio xabarida.

Aniqlik kiritilishicha, bezori telefonda gaplashib ketayotgan erkakka zarba bergan, so‘ngra uni haqorat qilib, Polshada unga joy yo‘qligini aytgan. Jinoyatchining shaxsi hozircha aniqlanmagan.

Polisiya hujum qilgan shaxsning ham polshalik ekanini aniqladi, uning asl motivi esa qo‘lga olinganidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 23:55 14.07.2026. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!