Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Rimda soatiga 30 km tezlik cheklovi joriy etildi

Rimda soatiga 30 km tezlik cheklovi joriy etildi

Italiya poytaxti Rimda shahar markazida harakatlanish uchun soatiga 30 kilometr tezlik cheklovi kuchga kirdi. Bu haqda 14 yanvar kuni shahar hokimiyati rasman ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida cheklangan transport zonalari (ZTL) hamda 1000 ta ko‘chada yangi tezlik me’yori qo‘llaniladi. Shu munosabat bilan Rim shahar polisiyasi mazkur hududlarda patrullik va nazoratni kuchaytirdi.

Shahar kengashining transport masalalari bo‘yicha a’zosi Eujenio Patanening ta’kidlashicha, chora-tadbirlar yo‘l-transport hodisalari va ular oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kristoforo Kolombo magistralida yangi tezlikni o‘lchash kameralari o‘rnatiladi, shuningdek, shahar bo‘ylab 175 ta xavfsiz piyodalar o‘tish joyi barpo etiladi.

Avvalroq Bolonya shahri ham shu kabi tezlik cheklovlarini joriy etgan edi.

Kiritildi: 22:16 15.01.2026. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!