Sayyohlar ko‘z o‘ngida qadimiy obida hisoblangan Rim anjumanlar saroyi devorining bir qismi qulab tushdi, deb xabar bermoqda “O‘zA".
Qadimiy devor shaharning Monte-Tarpeo ko‘chasida joylashgan. Baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlar aniqlanmagan. Hududga polisiya, o‘t o‘chirish xizmati xodimlari jalb qilingan. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda avstriyalik yosh sayyoh Kolizeyning bir bo‘lagini sindirib, “qimmatbaho esdalikni” sumkasiga yashirishga uringandi. Ushbu holat nazoratchilar e’tiboridan chetda qolmagan.