Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rim papasi operasiya qilinadi

Rim papasi operasiya qilinadi

Rim papasi Lev XIV o‘pkasidagi o‘smani olib tashlash uchun operasiya qilinadi.

Rim papasi Lev XIV o‘pkasida tugun aniqlanganidan so‘ng yaqin kunlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishini ma’lum qildi.

Pontifikning so‘zlariga ko‘ra, o‘pkadagi hosila dastlabki bosqichda aniqlangan. Vatikan hozircha uning salomatligi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan.

«Shifokorlar jarrohlik aralashuvini maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda. Ularning tavsiyasiga amal qilib, operasiyaga rozi bo‘lishga qaror qildim. Amaliyot yaqin kunlarga belgilangan. Ma’naviy qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorman va duolaringizda eslashingizga umid qilaman», — dedi 71 yoshli pontifik yakshanba kungi ibodat vaqtida.

Kiritildi: 16:30 11.10.2026. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!