Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Reyslarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti o‘zgardi

Reyslarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti o‘zgardi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi xalqaro reyslarga ro‘yxatdan o‘tishda amal qiladigan yangi qoidalar haqida ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro reyslarga ro‘yxatdan o‘tishdagi yangi qoidalar “Toshkent” xalqaro aeroportida parvozlar va yo‘lovchi tashishlar sonining oshishi sababli joriy etilgan. Endi “Uzbekistan Airways”xalqaro reyslariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti jo‘nashga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda yakunlanadi.

Kompaniya yo‘lovchilardan parvoz oldi tayyorgarligidan o‘tish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha vaqtni hisobga olib, aeroportga barvaqt kelishlarini so‘rab qoladi.

Kiritildi: 22:53 17.04.2024. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!