Bugun 26 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Reuters : Rossiya Xitoyda yashirincha jangovar dronlarni ishlab chiqmoqda

Reuters : Rossiya Xitoyda yashirincha jangovar dronlarni ishlab chiqmoqda

Rossiya Xitoyda Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun uzoq masofaga uchuvchi dronlarni yaratish va ishlab chiqarish dasturini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda agentlik o‘z surishtiruvida Yevropa razvedka manbalari va jurnalistlar qo‘lga kiritgan hujjatlarga tayanib.

Reuters xabariga ko‘ra, "Almaz-Antey" konserniga qarashli Ijevsk elektromexanika zavodi "Kupol" mahalliy mutaxassislar yordamida Xitoyda yangi "Garpiya-3" nomli dron modelini ishlab chiqdi va parvoz sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda "Kupol" shu yil boshida Rossiya Mudofaa vazirligiga yuborgan hisobotdan ma’lum bo‘ldi.

Keyinroq Kupol Mudofaa vazirligiga" Maxsus harbiy operasiya"da foydalanish uchun (Rossiya rasmiylari Ukrainaga qarshi urushni shunday ataydi) Xitoydagi zavodda katta miqdorda dronlarni, shu jumladan "Garpiya-3" dronlarini ishlab chiqarishi mumkinligini ma’lum qildi.

"Kupol", "Almaz-Antey" va Rossiya Mudofaa vazirligi Reuters so‘rovlariga javob bermadi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi agentlikka bunday loyihadan xabari yo‘qligini ma’lum qilgan holda, mamlakatda uchuvchisiz samolyotlar yoki uchuvchisiz uchish jihozlari eksporti ustidan qattiq nazorat o‘rnatilganligini bildirgan. Reuters o‘z surishtiruvida dronlarni ishlab chiqarish jarayoni sir ekanligini qayd etadi.

Kiritildi: 19:08 25.09.2024. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!