Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”dagi kirdikorlar fosh etildi

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”dagi kirdikorlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, “Davr bank”ning Yunusobod filiali, “Ipak yo‘li” bankining Mirzo Ulug‘bek  filiali xodimlari hamda “T.S”, “S.F” MCHJlari mansabdor shaxslari, “X.U” va “S.P.” xususiy korxonalari rahbarlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, 2018  va joriy yilning o‘tgan davrida markazning jami 15,3 mlrd. so‘m pul mablag‘larini talon-toroj  qilganliklari  aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov.

Hozirda “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va  ginekologiya ilmiy-amaliy  tibbiyot markazi” mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari  bilan  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilib,  tergov  harakatlari olib  borilmoqda.

Kiritildi: 17:14 08.11.2019. O'qildi: 4978 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!