Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabiga rahbar tayinlandi

Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabiga rahbar tayinlandi

Katta xalqaro tajribaga ega yosh iqtisodiyot fanlari doktori xorijning yetakchi fan-ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlashni rejalashtirgan.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti dekan muovini Rustam Abduraupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi axborot xizmati ma’lum qildi.

Rustam Ramzovich 1985 yil iyul oyida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini va 2007 yilda Toshkent moliya institutini tamomlaganidan so‘ng o‘zining ilmiy-tadqiqot faoliyatini Denver universiteti (AQSh) va Vageningen universitetida (Niderlandiya) davom etdi.

R.Abduraupov O‘zbekiston, AQSh va Niderlandiyadagi yetakchi universitetlarida o‘qitish va ularni boshqarish bo‘yicha katta tajribaga ega.

Yosh iqtisodiyot fanlari doktori mahalliy va chet el nashrlarida chop etilgan o‘nlab ilmiy maqolalarga ega. Shu sababli u 2017 yilda Germaniyada o‘tkazilgan 17 nafar iqtisodiyot sohasidagi Nobel mukofoti sohiblari bilan bir haftalik uchrashuvga taklif etilgan edi.

Uning “Chet el investisiyalar ishtirokidagi korxonalarning iqtisodiy salohiyatini boshqarishning metodologik jihatlari” monografiyasi fan olami va biznes vakillari orasida alohida talabga ega.

Yangi direktor rahbarligida oliy maktab jamoasi RBBOMga yuklatilgan vazifalarni bajarishni niyat qilgan. Xalqaro tajribani faol joriy etish, yetakchi fan-ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, double degree (qo‘shaloq diplom) magistratura dasturlarini akkreditasiya qilish bo‘yicha rejalar qisqa muddatda amalga oshiriladi.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 22:02 17.11.2018. O'qildi: 2146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!