Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Respekt! Eri o‘lgan ayol hajga borish uchun 26 yil chiqindi to‘pladi (foto)

Respekt! Eri o‘lgan ayol hajga borish uchun 26 yil chiqindi to‘pladi (foto)

Indoneziyalik 64 yoshli Maryanining uzoq yillik orzusi amalga oshdi – u haj ibodatini ado etdi, deya yozadi Azon.uz.

Erining vafotidan keyin to‘rtta bola bilan beva qolgan Maryani hech kim sezdirmay, to bomdodgacha qayta ishlasa bo‘ladigan chiqindilarni to‘plab, 26 yil davomida haj uchun pul yig‘di. 2012 yilda ayolning puli 1750 dollarga yetdi, bu haj uchun ro‘yxatdan o‘tishga kifoya edi. Qolgan 700 dollarni to‘plash uchun Maryani yana yetti yil ishladi.

U Din ishlari vazirligidan barcha kerakli hujjatlarni olgandan keyingina bu yil hajga borishini farzandlariga oshkor qildi.

“Eng muhimi, o‘z maqsadimga erishdim, bunga hech qachon shubha qilmaganman. Men hech qachon yengilmadim va bu ishdan hech qachon charchamadim”, – deydi ayol.

Kiritildi: 13:13 23.08.2019. O'qildi: 2773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!