Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Rektor “Mehrobdan chayon” romanini ingliz tiliga tarjima qildi

Rektor “Mehrobdan chayon” romanini ingliz tiliga tarjima qildi

Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov adib tavalludining 125 yilligiga “Mehrobdan chayon” romanini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.

Asar tarjimasi AQShlik mutaxassis Piter Barsum tomonidan tahrir qilindi. Tez kunlarda kitobxonlarga “Mehrobdan chayon” romani ingliz tilida taqdim qilinadi.

I.To‘xtasinov o‘zbek-ingliz tarjima amaliyoti bilan shug‘ullanib, shu kunga qadar Alisher Navoiy g‘azallari, Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari hamda G‘afur G‘ulom qissalarini ingliz tiliga tarjima qilgan.

Ma’lumot uchun, ayni kunlarda yurtimizda o‘zbek adabiyotining XX asrdagi taniqli namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi keng nishonlanmoqda.

Kiritildi: 10:05 05.10.2019. O'qildi: 2947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!