Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

“Reketir” yulduzi Murat Bisenbin vafot etdi

“Reketir” yulduzi Murat Bisenbin vafot etdi

Qozog‘istonlik taniqli aktyor Murat Bisenbin 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qizi xabar berdi.

Taniqli aktyor Murat Bisenbinning qizi otasining vafoti haqida Instagram’dagi shaxsiy sahifasida ma’lum qildi. «Cheksiz sevaman», — deb yozib qoldirgan aktyorning qizi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta oldin Murat Bisenbinning qizi otasi insult o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Aktyor Jan Bayjanbayev esa Bisenbinning ahvoli yomonlashganini aytgan. U aktyor jismonan juda zaiflashgani sababli unga zudlik bilan immunoterapiya zarurligini ta’kidlagan.

2024 yilning kuzida Murat Bisenbinda saraton kasalligi aniqlangani ma’lum bo‘lgan edi. “Reketir” yulduzi saratonni yengib, yana kino olamiga qaytish niyati borligini bildirgan edi.

Kiritildi: 14:59 08.01.2026. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!