Madridning "Real" klubi ivuariyalik vinger Yan Diomande transferi uchun maosh va soliqlarni ham hisobga olganda qariyb 230 million yevro sarflaydi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Futbolchining bevosita transfer qiymati 130 million yevroni tashkil etadi. Shundan 105 million yevro kafolatlangan to‘lov sifatida beriladi, yana 25 million yevro esa turli bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.
Diomande "Real" bilan 2033 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan 7 yillik shartnoma imzolaydi.
Futbolchining soliqlardan keyingi yillik maoshi taxminan 7 million yevro bo‘ladi. Klub uning ish haqi uchun umumiy hisobda 98 million yevro sarflaydi, shundan qariyb 49 million yevro soliq to‘lovlariga yo‘naltiriladi.
Shu tariqa, "Real"ning Diomande bilan bog‘liq umumiy xarajatlari taxminan 230 million yevroga yetadi. Bu transferni klub tarixidagi eng qimmat bitimlardan biriga aylantiradi.