Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Real" Vinisiusga qanday ultimatum qo‘ygan ma’lum

"Real" Vinisiusga qanday ultimatum qo‘ygan ma’lum

Hujumchi Vinisius Juniorning "Real"dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

ElNacional.cat ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi braziliyalik futbolchiga yangi shartnoma imzolash borasida qaror qabul qilish uchun muddat belgiladi. "Qirollik klubi" vinger bilan bog‘liq vaziyatni avgust oyiga qadar hal qilmoqchi. Agar yangi kelishuv bo‘yicha murosaga kelinmasa, "Real" forvardni transferga qo‘yishga tayyor.

Vinisius Junior "Real"ga 2018 yilda "Flamengo"dan 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:49 08.07.2026. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!