Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real» Vinisius faqat bitta klubga o‘tishi mumkin deb hisoblamoqda

«Real» Vinisius faqat bitta klubga o‘tishi mumkin deb hisoblamoqda

«Real» hujumchisi Vinisius Juniorning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Braziliyalik futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, bu esa, o‘z-o‘zidan ma’lumki, juda muhim omil hisoblanadi. Agar «qaymoqranglilar» Vinisius bilan bitimni uzaytirish bo‘yicha kelisha olishmasa, klub bir yildan so‘ng uni tekinga boy bermaslik uchun hoziroq sotishni afzal ko‘rishi mumkin.

ESPN nashrining xabar berishicha, agar «Real» futbolchi bilan shartnomani uzaytirmasa, uni qo‘yib yuborishi mumkin bo‘lgan yagona klub sifatida «Arsenal»ni ko‘rib chiqmoqda.

«Arsenal» esa ayni damda 26 yoshli Vinisiusning transferi moliyaviy jihatdan qanchalik maqsadga muvofiq ekanini o‘rganmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:20. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!