Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

"Real" Tebasga qarshi chiqdi: "La Ligaga yangi rahbar kerak"

"Real" Tebasga qarshi chiqdi: "La Ligaga yangi rahbar kerak"

"Real" va La Liga prezidenti Xavyer Tebas o‘rtasidagi ziddiyat yana kuchaydi. Madrid klubi rasmiy bayonot bilan chiqib, Tebasning so‘nggi fikrlarini keskin tanqid qildi.

Mojaro "Atletiko"ga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin avj oldi. O‘sha bahsdan so‘ng "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu hakam Ortis Aryasning ayrim qarorlaridan norozi bo‘lgan edi. Xususan, u Li Kan In va Kristian Romeroga nisbatan qattiqroq jazo qo‘llanmaganini tanqid qilgan.

Keyinchalik AS nashri Hakamlar texnik qo‘mitasi Li Kan In maydondan chetlatilishi kerak bo‘lgan, degan xulosaga kelganini yozdi.

Shundan so‘ng Xavyer Tebas "Real" va klubning Real Madrid TV telekanalini hakamlarga bosim o‘tkazishda aybladi. Bu esa Madrid klubining qattiq munosabatiga sabab bo‘ldi.

"La Liga prezidenti o‘z lavozimidan foydalanib, ommaviy chiqishlarida doimiy ravishda "Real"ni nishonga olayotganini qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz. Barcha klublar manfaatini himoya qilishi kerak bo‘lgan rahbarning faqat bizning klubga bu qadar ko‘p e’tibor qaratishi jiddiy savollar tug‘diradi", — deyiladi "Real" bayonotida.

Klub Tebasning "Real" strategiyasini baholashga urinishini ham noo‘rin deb atadi.

"Ispaniya professional futboliga betaraflik tamoyili asosida ishlaydigan yangi rahbar kerak, deb hisoblaymiz. La Liga prezidenti chempionatning egasi emas. U klublar ishonch bildirgan boshqaruvchi ekanini anglashi lozim", — deya qo‘shimcha qildi Madrid klubi.

64 yoshli Xavyer Tebas 2013 yildan beri La Liga prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U avvalroq "Real" muxlisi ekanini ham bir necha bor aytgan.

Kiritildi: 11:45 23.09.2026. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!