Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

"Real" safarda g‘alaba qozondi (video)

"Real" safarda g‘alaba qozondi (video)

Ispaniya La Ligasi 2025/2026 mavsumining 34-turida «Espanyol» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Barselonadagi «Kornelya-El Prat» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mehmonlar — «Real»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisobni 55-daqiqada madridliklar hujumchisi Vinisius Junior ochdi. 66-daqiqada esa u yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl muallifiga aylandi.

34-turdan so‘ng «Espanyol» 39 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. «Qirollik klubi» 77 ochko jamg‘arib, ikkinchi pog‘onada joylashgan. Turnir jadvalida 88 ochko bilan «Barselona» peshqadamlik qilmoqda.

Kelasi turda «Real» 10 may kuni «Spotifay Kamp Nou»da «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. «Espanyol» esa 9 may kuni «Sevilya» bilan kuch sinashadi.

Ispaniya — La Ligasi, 34-tur
3 may 2026 yil, Barselona
«Espanyol» — «Real» (Madrid) 0:2
Gollar:
Vinisius Junior 55, 66.

Kiritildi: Bugun 07:25. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!