Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

"Real" "Milan" hujumchisi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor

"Real" "Milan" hujumchisi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor

Madridning “Real” klubi yozgi transfer oynasida “Milan”ning portugaliyalik hujumchisi Rafayel Leaoni sotib olmoqchi, deya xabar beradi Football Italia.

Manbaga ko‘ra, qirollik klubi futbolchi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq, «Milan» hujumchini jamoada saqlab qolmoqchi va shartnomani 2026 yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi.

22 yoshli Leao joriy mavsumda «Milan» safida barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:32 27.05.2022. O'qildi: 2637 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!