Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Real" Mbappening jarohati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

"Real" Mbappening jarohati bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

"Real" rasmiy saytida Fransiya terma jamoasi safida jarohat olgan Kilian Mbappening holati bo‘yicha ma’lumot e’lon qilindi.

Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va unda chap tizzaning orqa kapsulasi giperekstenziyasi aniqlandi.

"Real" 27 yoshli hujumchining qachon safga qaytishini hozircha ma’lum qilmadi. Klub Mbappening holati dinamikada kuzatib borilishini bildirdi.

Ayni paytda "Real" La Liga turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Joze Mourinyu jamoasi peshqadam "Barselona"dan 6 ochko ortda qolmoqda.

"Real" navbatdagi o‘yinini 10 oktyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida o‘z maydonida "Vilyarreal"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:00 26.09.2026. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!