Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"Real" Mbappening ishini "hiyonat" deb biladi

"Real" Mbappening ishini "hiyonat" deb biladi

Madridning “Real” klubi “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappeni taklif qilish masalasiga qaytmaydi, deb xabar beradi El Debate.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 23 yoshli fransiyalik futbolchining nomzodiga qaytmaydi, chunki ular buni o‘tgan yozda transferdan bosh tortganiga xiyonat deb bilishadi.

Qayd etilishicha, hujumchi va uning oilasi klubdan foydalangan holda "PSJ" bilan yiliga rekord darajadagi 96 million yevrolik maosh va 100 million yevrolik shartnoma bonusi uchun muzokara olib borishgan, deb hisoblamoqda.

"Real Madrid" ikkita asosiy sababga ko‘ra Mbappega qaytmaydi.

Birinchidan, madridliklar hujumchining klub prezidenti Florentino Peresni Parij klubi bilan shartnomani uzaytirish qarori haqida xabardor qilganidan ranjigan. Fransuz unga qo‘ng‘iroq qilmasdan qisqa xabar yozdi. Ikkinchidan, "qaymoqranglilar" muxlislar futbolchini o‘tgan yoz transferidan voz kechganidan keyin shunchaki qabul qilishmaydi, deb hisoblashadi.

Avvalroq Mbappe kelajakda "Real"ga o‘tishini istisno qilmagandi.

Hujumchi joriy mavsum parijliklar safida barcha musobaqalarda 9ta o‘yinda 10ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 160 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 17:44 22.09.2022. O'qildi: 3193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!