Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

«Real» Mbappe, Vinisius va Bellingemning kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

«Real» Mbappe, Vinisius va Bellingemning kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

Madridning «Real» klubi jamoaning uch nafar yulduz futbolchisi borasidagi rejalarini belgilab oldi. El Mundo jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, «qirollik» klubi rahbariyati hujumchi Kilian Mbappe, vinger Vinisius Junior va yarim himoyachi Jud Bellingem bilan xayrlashish niyatida emas.

«Qaymoqranglilar» lageridagilar hozirgi jamoaning salohiyati juda yuqori ekanligiga ishonchi komil. Madridliklar keyingi mavsumlarda aynan yuqorida nomlari tilga olingan yulduzlarga asosiy e’tiborni qaratishni maqsad qilgan.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «Real» ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasiga kelsak, Madrid jamoasi chorak final bosqichida Myunxenning «Bavariya» klubiga imkoniyatni boy berib (1:2, 3:4), musobaqadagi ishtirokini yakunlagan edi.

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!