Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Real Madrid» sardori va bosh murabbiyi yuzma-yuz gaplashib olishdi

«Real Madrid» sardori va bosh murabbiyi yuzma-yuz gaplashib olishdi

So‘nggi paytlarda matbuotda Madridning «Real» klubi o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal bilan bog‘liq muammolar faol muhokama qilinmoqda.

«Qaymoqranglilar» sardori jarohatidan tuzalib, qaydnomaga qaytgan bo‘lsa-da, baribir maydonga tushmayapti. 34 yoshli futbolchi yuzaga kelgan vaziyatdan norozi, bu haqda yaqin kunlarda turli manbalar xabar berdi. Shuningdek, jamoaning yangi ustozi Alvaro Arbeloa bilan kelishmovchiliklar borligi haqida ham mish-mishlar tarqalgan edi.

«Marca» nashrining ma’lumotiga ko‘ra, payshanba kuni klub bazasida murabbiy va futbolchi o‘rtasida shaxsiy suhbat bo‘lib o‘tgan – asosiy mavzu lateralning holati va uning kelajakdagi istiqbollari bo‘lgan. Manbaning qayd etishicha, uchrashuv «ijobiy» o‘tgan: tomonlar mavjud masalalarni oydinlashtirib, hal qilib olishgan.

Eslatib o‘tamiz, Daniel Karvaxalning «Real» bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: Bugun 09:23. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!