Luka Modrich «Real Madrid»ni sog‘inishini, ammo hozir «Milan»da ham o‘zini juda baxtli his qilayotganini aytdi.
«Men «Real Madrid»ni sog‘inaman. Bu men yaxshi ko‘radigan klub. Ammo «Milan»da ham o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Bu yerda meni juda yaxshi kutib olishdi va men bor kuchimni berishga harakat qilyapman».
Xorvatiyalik yarim himoyachi «Real»ga qaytish ehtimoli haqida ham gapirdi.
«Albatta, bundan xursand bo‘lardim. «Real Madrid» — mening uyim. Men u yerda 13 yil o‘tkazdim.
Ularga yordam berishdan xursand bo‘lardim. Ammo avvalo o‘zimni tayyorlashim, qanday rolda foydali bo‘lishim mumkinligini va klubning o‘zi bunga xohish bildirish-bildirmasligini ko‘rishim kerak».