Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real» hujumchisi Mourinyoni hayratda qoldirdi

«Real» hujumchisi Mourinyoni hayratda qoldirdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya o‘z jismoniy holati bilan jamoadoshlari va murabbiylar shtabini lol qoldirdi.

Diario AS xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi mavsumoldi tayyorgarlikni ajoyib holatda boshlagan va mashg‘ulotlarda barchani hayratga solgan. Ispaniyalik hujumchi klubda qolib, yangi bosh murabbiy Joze Mourinyoga o‘z salohiyatini isbotlamoqchi.

O‘tgan mavsumda Gonsalo Garsiya asosiy tarkibda kamdan-kam maydonga tushgan – odatda u Kilian Mbappening o‘rinbosari sifatida harakat qilgan. Mish-mishlarga ko‘ra, iyun oyida «qirollik klubi»ni boshqargan Mourinyo Garsiyaning sotilishiga allaqachon to‘sqinlik qilgan, chunki u futbolchi oldindagi mavsumda jamoaga kerak bo‘lishiga ishonadi.

Kiritildi: 23:49 17.07.2026. O'qildi: 6452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!