"Real Madrid" Xansi Flikning otasi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Madrid klubi rasmiy bayonotida klub rahbariyati va prezident nemis mutaxassisining oilasiga chuqur ta’ziya izhor qilgani aytildi.
Ma’lumot uchun, "Barselona" bosh murabbiyining otasi bugun ertalab vafot etgan. Shunga qaramay, Flik “El-klasiko” uchrashuvini o‘tkazib yubormaydi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00'da start oladi.