Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Real»da sardorlik bog‘ichi egalari ma’lum bo‘ldi

«Real»da sardorlik bog‘ichi egalari ma’lum bo‘ldi

Madridning «Real» klubi 2026/27 yilgi mavsum uchun sardorlarni aniqlab oldi. Score90 portali ma’lumotlariga ko‘ra, jamoaning asosiy sardori Federiko Valverde bo‘ladi.

Ro‘yxatda undan keyin Vinisius Junior, Tibo Kurtua va Rodrigo Goes qayd etilgan. Goes jarohati tufayli mavsumning bir qismini o‘tkazib yuborishi sababli, uning o‘rnini Andrey Lunin egallaydi.

O‘tgan mavsumda Madrid klubining asosiy sardori himoyachi Dani Karvaxal edi. Valverde, Kurtua va Vinisius Junior uning o‘rinbosarlari hisoblanishgan. 34 yoshli Karvaxal «Real» safida 451 ta o‘yin o‘tkazgach, 30 iyun kuni shartnomasi yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etdi. Hozirda u erkin agent hisoblanadi.

Kiritildi: 23:06 13.07.2026. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!