Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

"Real"da Arbeloaga nisbatan e’tirozlar bor

"Real"da Arbeloaga nisbatan e’tirozlar bor

"Real"ning bir qator futbolchilari jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning ayrim qarorlaridan norozi bo‘lmoqda.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Arbeloa qabul qilgan ayrim qarorlar jamoa ichida hayrat uyg‘otgan. Birinchi holat "Benfika"ga qarshi o‘yinda kuzatilgan. Jamoa ichida Dani Sebalyosning Lissabondagi bahsda bir daqiqa ham maydonga tushirilmagani tushunmovchilikka sabab bo‘lgan. Bu o‘yinda murabbiy Xorxe Sestero xizmatiga ustunlik bergan va futbolchilar bu borada o‘z munosabatini murabbiyga bildirgan.

Ikkinchi holat "Santyago Bernabeu"da yuz bergan va Arbeloaning matbuot anjumaniga kechikishiga sabab bo‘lgan. "Rayo Valyekano"ga qarshi uchrashuvdan keyin kiyinish xonasida uzoq va keskin suhbat bo‘lib o‘tgan. Unda ayrim futbolchilar bilan murabbiy o‘rtasida texnik va taktik masalalar yuzasidan kelishmovchiliklar kelib chiqqan.

Shu holatlar fonida "Real" kiyinish xonasidagi kayfiyat Arbeloaning ayrim qarorlariga nisbatan norozilik va taktik jihatdan yangiliklar yo‘qligi bilan izohlanmoqda. Ayrim futbolchilar murabbiy almashganidan keyin ko‘proq o‘zgarishlar kutgani, ammo o‘zlarini hanuz "Kastilya" jamoasi murabbiyi qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tayotgandek his qilayotgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:22. O'qildi: 251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!