"Real" yozgi transferlar oynasida "Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandesni sotib olmoqchi.
Ispaniya grandi futbolchi uchun katta mablag‘ tayyorlamoqda. "Qaymoqranglilar" Enso uchun 150 million yevro taklif qilishmoqchi. Yarim himoyachining o‘zi ham "Chelsi"dan ketmoqchi. Mazkur transfer klubdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishga intilayotgan Florentino Peresning shaxsiy tashabbusi hisoblanadi.
Enso Fernandesning "Chelsi" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.