Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real» «Barselona»ni titullardan mahrum qilishni talab qildi

«Real» «Barselona»ni titullardan mahrum qilishni talab qildi

«Real» «Negreyra ishi» bo‘yicha «Barselona»ni jazolashni talab qilishda davom etmoqda.

AS nashrining yozishicha, Madrid klubi UYEFAga murojaat qilib, «ko‘k-anorranglilar»ni Xose Mariya Negreyra faoliyat yuritgan davrda qo‘lga kiritilgan barcha titullardan mahrum etishni talab qildi. Bundan tashqari, «qirollik klubi» suddan «Barselona»ni 2010–2018 yillarga oid ichki nazorat tizimi bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishga majburlashni so‘radi. Bu orqali klubda korrupsiyaning oldini olish uchun qanday choralar ko‘rilgani va ular amalda qanday ishlaganini aniqlash ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona»ga rasman ayblovlar qo‘yilgan edi. Tergov taxminiga ko‘ra, kataloniyaliklar ko‘p yillar davomida Hakamlar texnik qo‘mitasi vise-prezidenti bo‘lgan Negreyraga u bilan bog‘liq kompaniyalar orqali pul o‘tkazib kelgan.

Kiritildi: 23:50 14.07.2026. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!