Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Real" Asensioni jamoada saqlab qolmoqchi

A A A
"Real" Asensioni jamoada saqlab qolmoqchi

Qanot hujumchisi Marko Asensio "Real"dagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Marca nashrining xabar berishicha, "qirollik klubi" rahbariyati yaqin orada 26 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Amaldagi kelishuv 2023 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan.

26 yoshli Asensio joriy 2022/23 yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 23 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 12:19 27.12.2022. O'qildi: 1364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik