Madridning "Real" klubi va Emirates aviakompaniyasi "qirollik klubi" uchun yanada qulay moliyaviy shartlarda yangi shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda AS jurnalistlari xabar bermoqda.
Yangi kelishuv shartlariga ko‘ra, Madrid grandi bir mavsumda 100 million yevrodan ko‘proq pul olishi mumkin bo‘ladi. Ayni paytda aviatashuvchi bilan hamkorlikdan tushadigan daromad 70-80 millionni tashkil etadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati iyun oyi oxirida tugaydi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Xabi Alonso shogirdlari turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Qaymoqranglilar" ochkolarini 45 taga yetkazib, peshqadam Kataloniyaning "Barselona" klubidan 4 ochko ortda qolmoqda.