Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ravil G‘aynutdin: “Xitoyda musulmonlar kamsitilayotgani yo‘q”

Ravil G‘aynutdin: “Xitoyda musulmonlar kamsitilayotgani yo‘q”

Rossiya muftiylar kengashi raisi, muftiy Ravil G‘aynutdin Xitoyda, xususan, Shinjon muxtor tumanida musulmonlar kamsitilayotgani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda “Novosti” agentligi xabar bermoqda.

“Men Xitoydagi qavmni bilaman, bir necha bor Xitoyda bo‘lganman, birodar musulmonlar zich yashaydigan mintaqalarga borganman. Ularning bizga aytishicha, o‘zlarini siquvga olingan, hukumat tomonidan kamsitish bor deb his qilishmaydi”, – dedi muftiy Rossiya musulmonlarining xitoylik musulmonlar kamsitilishiga munosabati haqidagi savolga javoban.

Shuningdek, Ravil G‘aynutdin bir necha yil avval Urumchiga borganida uyg‘urlar, qozoqlar, o‘zbeklar, tatarlar bilan uchrashganini, shu paytgacha xitoylik musulmonlardan shikoyat eshitmaganini aytdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 18:30 13.10.2018. O'qildi: 1157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!