Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Rasmlarning qaysi biridan ko‘proq qo‘rqasiz? Tanlovingiz 3 soniyadan oshmasligi kerak

Rasmlarning qaysi biridan ko‘proq qo‘rqasiz? Tanlovingiz 3 soniyadan oshmasligi kerak

Javoblar
A. Siz o‘zingizdan qo‘rqasiz! Kelajagingizdan, qarorlaringiz to‘g‘riligidan, atrofingizni o‘rab olgan har qanday asabiylashtiradigan mayda-chuydalardan qo‘rqasiz. Bular asabiylashishingizga arzimaydi! Har bir inson o‘z kelajagi uchun o‘ylanadi qayg‘uradi, siz buni tushinishingiz kerak. Axir kelajakda bizni nimalar kutishini hech qaysimiz bilmaymizku. Va bu har kun qo‘rquv bilan uyg‘onishingiz uchun asos bo‘la olmaydi! Chuqur nafas oling, xotirjam bo‘ling va hozirgi ondan zavqlaning.

B. Atrofdagilar siz haqingizda nima deb o‘ylashidan qo‘rqasiz. Siz doimiy ravishta atrofdagilar fikri, nima deb o‘ylashi haqida xavotirlanasiz, ayniqsa negativ (salbiy) quvvat sizga qarata ochilgan bo‘lsa o‘zingizni qo‘yarga joy topa olmaysiz. Hamma sizni doim omadli va baxtli ko‘rishini xohlaysiz. Tanqidni og‘ir qabul qilasiz. Hech qachon o‘z «MEN»ingizni, boshqalarni rozi qilish uchun yo‘qotmang. O‘z xohishlaringizni birinchi o‘ringa qo‘ying.

V. Aslida siz hech narsadan qo‘rqmaysiz! Siz o‘z qo‘rquv va xavotirlaringizni himoyalash uchun o‘zingizga va shaxsiy hayotingizga ishonasiz. Shunday bo‘lsa-da, bu rasmni tanlaganingizda ong osti qo‘rquvingizni namoyon qildingiz, ya’ni hayotingiz bilan bog‘liq o‘zgarishlardan qo‘rqishingizdan guvohlik berdingiz. Xavotir olmang, hammasi o‘z qo‘lingizda!

G. Bu variant kelajagingizdan qo‘rqishingizni bildiradi. Rejalaringiz boshqacha tus olib, xohish va istaklaringizga erisha olmasligingizdan qo‘rqasiz. Bu tashvishlar xavotirga tushishingizga arzimaydi, axir faqat shu sizni hozirgi hayotingizdan zavqlanib yashashingizga xalaqit berayapti. Boshqa tashvishlar yo‘qligiga shukr qiling. Faqat hozirgi kun bilan yashash sizga baxtli kelajakni taminlaydi!
 

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 06:40 19.10.2018. O'qildi: 2330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!