Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rasmiy: Andijondagi poliklinika nega yongani aytildi

Rasmiy: Andijondagi poliklinika nega yongani aytildi

Oldinroq saytimizda Andijondagi poliklinika omborxonasida yong‘in chiqqani haqida xabar bergandik. SSV ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Shu yilning 27 mart kuni, soat 16:30 da Andijon shahar markaziy poliklinikasida yong‘in ro‘y berdi.

“Shahar aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi mazkur tibbiyot muassasasi karantin munosabati bilan sanitariya talablari asosida ish faoliyati chegaralangan holda faoliyat olib borayotgan edi”, – deya xabar berdi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga qaraganda, 5 qavatli ushbu binoning 4-qavatidagi bosh hamshira xonasida joylashgan sovitgich (xolodilnik) va kompyuterlarning elektr tarmog‘iga ulangan joyida qisqa tutashuv ro‘y berib, qisqa fursatli yong‘in yuz bergan. Shu zahotiyoq poliklinikadagi tibbiyot xodimlari va bemorlar zudlik bilan tashqariga ko‘chirilgan.

Tezkor harakatlar va poliklinika shifokorlarining faolligi sabab hech kim jarohat olmagan. Katta miqdordagi moddiy zarar ham yetkazilmagan.

Ayni paytda o‘rnatilgan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in markaziy poliklinika faoliyatiga ta’sir etmagan. Faoliyat bo‘yicha xizmatlar Andijon shahrining boshqa mavjud 8 ta oilaviy poliklinikalariga taqsimlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 19:26 27.03.2020. O'qildi: 3890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!