Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rasman! Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi

Rasman! Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi ish o‘rniga ega bo‘ldi. 54 yoshli mutaxassis Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol federasiyasining ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qilindi.

Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Jamoa bosh murabbiyi lavozimida Zinedin 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng o‘z faoliyatini yakunlagan Didye Deshamning o‘rnini egalladi.

Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan o‘tgan mundialda Fransiya terma jamoasi yarim final bosqichigacha yetib bordi. Finalga bir qadam qolganda «uchranglilar» Ispaniya terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda esa fransuzlar Angliyaga imkoniyatni boy berishdi — 4:6.

Kiritildi: 15:05 28.07.2026. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!