Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Rasman: Samvel Babayan “Navbahor”ni tark etdi

Rasman: Samvel Babayan “Navbahor”ni tark etdi

Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan jamoani tark etdi.

Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Klub bosh murabbiyi Samvel Babayanning sog‘lig‘ida muammolar yuzaga kelganligi va davolanish ko‘p vaqtni talab etishi bois, “Navbahor” klubi rahbariyati hamda jamoa bosh murabbiyi o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvga asosan, Samvel Babayanning klub bilan tuzilgan shartnomasi bekor qilindi. Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan 2021 yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng, jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangandi.

Samvel Vyacheslavovich boshqaruvida “Navbahor” Superligada 2022 yili 2-o‘rin, 2023 yili esa 3-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston kubogi bahslarida esa 2022 yili finalga, 2023 yili esa yarim finalga qadar yetib bordi.

Shuningdek, o‘z tarixida ilk marta Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning 2023/2024 yillar mavsumi bahslarida ishtirok etgan “lochinlar” qit’amizning mazkur nufuzli musobaqasining 1/8 finaligacha yetib borgan”, — deyiladi klub bayonotida.

Babayan qo‘l ostida “lochinlar” ortda qolgan 2,5 yil davomida Superligada 64 ta o‘yin o‘tkazib, 33 g‘alaba, 20 ta durang va 11 ta mag‘lubiyatni qayd etib, to‘plar nisbati 83:45 ni tashkil etgan holda, jami 119 ochko to‘plagan.

Mutaxassis bundan avval “Paxtakor”, “Spartak”, “Lokomotiv”, “Chanchun Yatay” hamda O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Kiritildi: 14:53 29.06.2024. O'qildi: 453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!