«Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkolya transferini rasman e’lon qildi.
Avvalroq xabar qilinganidek, 23 yoshli Fransiya terma jamoasi futbolchisi mersisaydliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Transfer qiymati 125 million yevro va yana 20 million yevro bonusni tashkil etadi.
Barkolya «PSJ» safida ikki marta ketma-ket Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, shuningdek, uch marta Fransiya chempioni bo‘lgan.
Fransuz vingeri Parij klubi safida jami 152 ta uchrashuvda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 37 ta golli uzatmani amalga oshirdi.