Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rasman: Konor Makgregor 5 yillik tanaffusdan so‘ng oktagonga qaytadi. Uning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Rasman: Konor Makgregor 5 yillik tanaffusdan so‘ng oktagonga qaytadi. Uning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

UFC o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Maks Xollouey o‘rtasidagi jang UFC 329 turnirida bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Ushbu to‘qnashuv 12 iyul kuni Las-Vegasdagi (AQSh) «Ti-Mobayl Arena»da tashkil etiladi. Bahs yarim o‘rta vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.

37 yoshli irlandiyalik sportchi o‘zining so‘nggi jangini 2021 yilning iyul oyida o‘tkazgan bo‘lib, o‘shanda Dastin Poryega oyog‘i singani sababli mag‘lub bo‘lgan edi. Uning hisobida aralash yakkakurashlarda jami 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat mavjud.

34 yoshli Xollouey esa 2026 yilning mart oyida braziliyalik Charlz Oliveyraga hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Uning faoliyati davomida 27 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat bor.

Kiritildi: Bugun 11:31. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!