Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Rasman! Grizmann "Atletiko"ga qaytdi

Rasman! Grizmann "Atletiko"ga qaytdi

"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Madridning "Atletiko" klubiga qaytdi, deb xabar beradi "matraschilar" rasmiy sayti.

Klublar yozgi transfer oynasi yopilishidan bir daqiqa oldin transferni yakunlashga muvaffaq bo‘lishdi.

"Atletiko" hujumchini 10 million yevroga bir yilga ijaraga oldi. 2022 yilning yozida "matraschilar" fransuzni 40 million yevroga sotib olish huquqiga ham ega bo‘ldi.

30 yoshli Grizmann oldin "Atletiko"da 2014 yildan 2019 yilgacha o‘ynagan va keyin "Barselona"ga 120 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.

Kiritildi: 17:16 01.09.2021. O'qildi: 3394 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!