Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Rasman: Eldor Shomurodov «Bashakshehir» bilan yangi shartnoma imzoladi

Rasman: Eldor Shomurodov «Bashakshehir» bilan yangi shartnoma imzoladi

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyaning «Bashakshehir» klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

O‘tgan mavsum ijara asosida istanbulliklar safiga "Roma"dan jalb qilingan Eldor Shomurodov bo‘yicha shartnomada ko‘zda tutilgan majburiy sotib olish bandini amalga oshirdi. Shu tariqa, hamyurtimiz «Bashakshehir»ning to‘laqonli a’zosiga aylandi.

Shuningdek, "Istanbul Bashakshehir" O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi.

"Klub Eldor Shomurodovga to‘q sariq va binafsha rangli libosda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaydi hamda ushbu hamkorlik ham jamoa, ham futbolchi uchun samarali bo‘lishiga umid bildiradi", — deyiladi «Bashakshehir» matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Kiritildi: 13:58 05.07.2026. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!