Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Rasman: Andoni Iraola — «Liverpul»ning yangi bosh murabbiyi!

Rasman: Andoni Iraola — «Liverpul»ning yangi bosh murabbiyi!

«Liverpul» Andoni Iraolani bosh murabbiy etib tayinladi.

43 yoshli basklik mutaxassis bu lavozimda Arne Slotning o‘rnini egalladi va «qizillar» bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv tafsilotlari klub tomonidan oshkor qilinmayapti.

Andoni 2023 yildan buyon «Bornmut»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida klub APLda 12, 9 va 6-o‘rinlarni band etdi. U shuningdek, Kiprning AYEK hamda Ispaniyaning «Mirandes» va «Rayo Valyekano» jamoalariga ham ustozlik qilgan.

Futbolchi sifatida Iraola deyarli butun faoliyatini «Atletik Bilbao»da (2003-2015) o‘tkazgan va «Nyu-York Siti» klubida ham to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» 2025/26 yilgi mavsumni sovrinlarsiz yakunladi. Klub Premyer-ligada 5-o‘rinni egalladi, biroq qo‘shimcha yo‘llanma evaziga Chempionlar ligasiga yo‘l oldi.

Rasman: Andoni Iraola — «Liverpul»ning yangi bosh murabbiyi!

Kiritildi: 23:41 04.06.2026. O'qildi: 180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!