Bugun biz zamon taraqqiyoti yoki moda sababli farzandlarimizni haddan tashqari erkalatib yuborayapmizmi?
Ularning hoyu-havaslariga qarshilik qilishga kuchimiz yetadimi? Hatto avvalgi avlod otaxonlari ham asta-sekin bugungi bugungi holimizga ko‘nika boshlashdi.
Ilgari qizlar davrasi, arala-quralash to‘ylarga qizlari va ayollarini jo‘natishni erkaklik sha’niga dog‘ bilgan ajdodlarning bugungi avlodlariga nima bo‘ldiki, bu ishlarni ular o‘zlariga faxr hisoblashmoqda.
Qanday ota-onaki qizlarini so‘rab kelgan begona yigitlarga o‘zlari chaqirib berishsa, yarim yalong‘och kiyimlarin o‘zlari sotib olib berishsa, qani rashk, qani qizg‘anish?
Ba’zi millatlarda, rashk salbiy xislat emas. Zaifalarni begona erkakdan qizg‘anish, nomahramlardan saqlash komil musulmonning sifatidir.
Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Mo‘min kishi rashkchi bo‘lishi kerak. Biror erkak yoki ayolning fahsh ishlarini bilsa, hech rozi bo‘lmasin”.
Payg‘ambarimiz s.a.v: “Rashk imondandir, kishining oilasidagi fosiq ishlarga rozi bo‘lishi munofiqlik alomatidir”-deganlar.
Ibn Mas’ud deydilar: “Kishining malomatga loyiq eng yomon sifati rashkchi bo‘lmasligidir”.
Samarqandiy aytadilar: “Alloh va uning Rasuli uchun dayuslardan yomonroq kishi yo‘q”. Chunki Rasululloh: “Alloh dayus va dayusani lanatlasin” deganlar.
Dayus – xotinining fahsh ishlariga rozi bo‘lgan erkakdir.
Shuningdek, erining buzuqligiga rozi bo‘luvchi xotin, dayusadir.
Manba: muslim.uz