Fuqaro 2025 yil 26 sentyabr sanasida “Centrum-Air” sayti orqali Istanbul–Namangan yo‘nalishi uchun 2 ta avia chipta sotib olgan bo‘lsa-da, aviakompaniya tomonidan ortiqcha chipta sotilgani natijasida u va turmush o‘rtog‘i samolyotga sig‘may, Istanbul aeroportida qolib ketishgan. Bir sutkadan so‘ng ularga majburiy ravishda Istanbul–Toshkent reysida parvoz qilish taklif qilingan va fuqarolar shu reysda qaytib kelishgan. U mazkur holatdan norozi bo‘lib, murojaat qilgan.
O‘rganishlar davomida, “Centrum-Air” aviakompaniyasi o‘z xatosi sabab yuzaga kelgan noqulaylik uchun fuqaro bilan kelishilgan holda quyidagi kompensasiya va imtiyozlar taqdim etgan.
Unga ko‘ra:
🔘500 yevro miqdorda kompensasiya;
🔘qo‘shimcha 865 200 so‘m pullik tovon;
🔘aviakompaniyaning istalgan yo‘nalishlariga keyingi safar 20 foiz chegirma beruvchi promokod;
🔘23 kg qo‘shimcha bepul bagaj;
🔘parvoz davomida samolyotning birinchi qatoridagi joylardan bepul foydalanish imkoniyati.