Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

“Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantiriladi

“Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantiriladi


“Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–257-son, 08.07.2026 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilar Yagona integrasiyalashgan raqamli platforma (Platforma)ni joriy etishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

🔹 2028 yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta ma’muriy funksiyasini raqamlashtirish;

🔹 davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatasiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish va boshqalar.

✅ Platforma quyidagilarni ta’minlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi:

🔸 davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ularning kiberxavfsizligini ta’minlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qo‘llash;

🔸 qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni qisqartirish va boshqalar.

2027 yil 1 yanvardan:

➖ davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmasi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish Platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi;

➖ Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integrasiya (Open API) tamoyili joriy qilinadi.

Kiritildi: 22:14 09.07.2026. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!