Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Raqamlar o‘yini

Raqamlar o‘yini

Xitoy AQShning qo‘shimcha tariflarni oshirishi munosabati bilan Jahon Savdo Tashkilotiga (VTO) yangi da’vo arizasi bilan murojaat qildi.

Xitoy Savdo Vazirligining bayonotlari:

▪️ AQShning Xitoyga nisbatan g‘oyat yuqori tariflar joriy qilishi “raqamlar o‘yini”ga aylandi va bu iqtisodiy jihatdan amaliy ahamiyatga ega emas;

▪️ AQShning bir qator savdo hamkorlariga tariflarni joriy qilishni to‘xtatib qo‘yishi Vashingtonning shantaj yo‘li bilan shaxsiy manfaatlariga erishishga intilayotganini o‘zgartirmaydi;

▪️ Xitoy AQShni “o‘zaro” deb atalgan tariflarni bekor qilishga va o‘zining noto‘g‘ri harakatlarini to‘liq tuzatishga chaqiradi;

▪️ AQSh tariflarining joriy etilishi jahon iqtisodiyoti va global bozorlarda silkinishlarni keltirib chiqardi, buning uchun butun javobgarlik Vashingtonga yuklanadi;

▪️ AQShning bir tomonlama tariflar joriy etishi xalqaro savdo qoidalarini, iqtisodiy qonunlarni buzdi va sog‘lom aqlga zid keladi.

Kiritildi: 04:21 13.04.2025. O'qildi: 1177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!