Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Ra’no Yarasheva Yodgor Sa’diyev bilan turmush qurdimi?

A A A
Ra’no Yarasheva Yodgor Sa’diyev bilan turmush qurdimi?

Bir necha haftadan buyon san’at shinavandalari orasida «Aktrisa Ra’no Yarasheva hoji ona bo‘lgach, san’atni tark etibdi. Endi kinolarda o‘ynamas ekan», «Ra’no Yarasheva va aktyor Yodgor Sa’diyevning to‘yi bo‘libdi» kabi mish-mishlar keng tarqalib, muhokamalar bo‘layotgani ko‘pchilikka ma’lum. Jurnalist Mirolim Isajonov O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva bilan bog‘lanib, ushbu gap-so‘zlar qanchalik rost ekanligiga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda "Daryo.uz" nashri.

«Xabaringiz bor, shu yilning fevral oyida Umra ziyoratiga borib keldim. Turli tadbirlar, ijodiy kechalarga ro‘mol o‘rab borayotganimni ‘hazm’ qilolmayotganlar ham bor ekan. San’atni tark etganim yo‘q. Bunday niyatim mavjud ham emas. Teatrda bir qancha sahna asarlarida ishtirok etyapman. Ammo kinofilmlarga haligacha takliflar bo‘lmadi. Menga ma’qul keladigan ssenariylar qo‘limga tushsa, bajonidil rozi bo‘laman.

Ochig‘i, Yodgor aka bilan oila qurganimiz haqidagi gaplarni eshitib, ajablandim. Bir necha kundan beri shu so‘zlardan boxabar bo‘lgan sodda muxlislarim qo‘ng‘iroq qilib, tabriklashyapti ham. Yodgor Sa’diyev bilan aka-singildekmiz, hamkasbmiz xolos. Oramizda bunday bo‘lmag‘ur mish-mishlarni keltirib chiqaradigan hech qanday asos yo‘q. Kimlarningdir nomini qora qilib, bo‘xton tarqatadiganlar bu orqali nimalarga erishar ekan, xayronman. Bu kabi insonlarga Yaratgandan faqatgina insof so‘rayman», — deydi aktrisa.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 16:39 28.09.2018. O'qildi: 13753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!