Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam “jiddiy avariya”ga uchradi

 Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam “jiddiy avariya”ga uchradi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Grozniydagi yo‘l-transport hodisasidan so‘ng shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda chechen muxolifatidagi nashrlar o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Adam Qodirov og‘ir ahvolda, hushsiz holatda Grozniydagi respublika shifoxonasiga yetkazilgan. Hozirda uni Moskvaga olib ketishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Manbalarning aytishicha, Adam Qodirov korteji katta tezlikda harakatlangan, bir necha avtomobil avariya ishtirokchisi bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan.

Halokatdan keyin Grozniy shahri, xususan, Qodirov olib borilgan shifoxona yo‘llari yopilgan.

18 yoshli Adam Qodirov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning eng taniqli farzandlaridan biri. U Checheniston xavfsizlik kengashi kotibi va respublika IIV kuratori hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 17:03. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!