Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ramzan Qodirov Rossiyaning “Faxriy temiryo‘lchisi” nishonini oldi

Ramzan Qodirov Rossiyaning “Faxriy temiryo‘lchisi” nishonini oldi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 12 oktyabr kuni “Faxriy temiryo‘lchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Chechnya Today axborot agentligi xabar berdi.

Mukofotlash marosimi Grozniy shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbir Grozniy temir yo‘l vokzaliga Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat Hoji Qodirov nomini berish marosimi doirasida o‘tkazildi.

“Temir yo‘l transportini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi va yuqori ko‘rsatkichlarga erishgani uchun Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Axmatovich Qodirov “Rossiya temir yo‘llarining faxriy temir yo‘lchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi”, deb o‘qib eshittirdi tadbir boshlovchisi.

O‘tgan haftada Ramzan Qodirov Rossiya Musulmonlari diniy majlisining oliy ordeni bilan taqdirlangan edi. Unga 1-darajali “Rossiyaning birinchi muftiysi Muhammadjon Husainov” ordeni berilgan.

Shuningdek, Checheniston rahbari yaqinda Rossiya armiyasi generali unvoni hamda qizil beretni qabul qilib olgan edi.

Kiritildi: 23:34 12.10.2026. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!