Ramzan Qodirov Checheniston rahbari saylovida 99,85% ovoz to‘pladi, bu mutlaq rekord natija hisoblanadi.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 100% byulletenlar qayta ishlanganidan so‘ng, respublikaning amaldagi rahbari shunday natijani qayd etgan.
Checheniston Jamoatchilik palatasi raisi Ismoil Denilxanov (“Spravedlivaya Rossiya” partiyasidan nomzod) va respublika parlamenti deputati Xolid Nakayev (KPRFdan nomzod) 0,05 foizdan ovoz to‘plashdi.
Ramzan Qodirov 2007 yildan beri Chechenistonga rahbarlik qilib kelmoqda. U 2021 yilgi saylovda 99,7%, 2016 yilda esa 97,94% ovoz olgan.